Eron parlamenti narkotik sotuvchilariga nisbatan o‘lim jazosini uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etish bilan almashtirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ma’qulladi. Bu haqda Eron televideniyesiga tayangan holda “TASS” xabar bermoqda.
Qonun tashabbuskorlari o‘lim jazosini 30 yilgacha bo‘lgan qamoq jazosi bilan almashtirishni taklif etmoqda. Maksimal jazo guruh tarkibida harakat qilgan, shuningdek, qo‘lga olinganida yonidan sovuq yoki o‘qotar qurol topilgan odamlarga nisbatan belgilanadi.
Eronda giyohvand moddalar savdosida ayblanganlar o‘lim jazosiga tortib kelinadi. Ushbu me’yorni bekor qilish bo‘yicha kampaniya boshlanganidan so‘ng qonun loyihasi ishlab chiqildi. Eronning liberal matbuoti mamlakat qonunchiligining qattiqqo‘lligi narkotik moddalar savdosi bilan bog‘liq jinoyatlar sodir etilishi statistikasiga ijobiy ta’sir o‘tkazmayotganini ta’kidlab kelmoqda.
Eronda har yili mingga yaqin qatl ijro etiladi.
Izoh (0)