Belgiya poytaxti Bryussel markazida o‘tadigan an’anaviy Rojdestvo yarmarkasi terrorchilarning nishoniga aylanishi mumkin. Bu haqda Le Derniere Heure gazetasining elektron versiyasi yozdi, deb xabar beradi “TASS”.
Aytilishicha, “Qish quvonchlari” yarmarkasi terakt xavfi oldida turibdi. Ushbu yarmarkaga har yili 1,5 million kishi tashrif buyuradi. Gazeta o‘z manbalarini oshkor etmayapti, shuningdek, bu borada rasmiy shaxslarning fikrlari noma’lum.
Gazetada ta’kidlanishicha, terakt xavfi haqidagi gap-so‘zlarning paydo bo‘lishi AQSh Davlat departamenti fuqarolarini Yevropada teraktlar xavfidan ogohlantirishiga to‘g‘ri keldi. Davlat departamenti xabarida ta’kidlanishicha, nafaqat ma’lum guruhlar, balki ekstremistlarga xayrixohlar ham xatar tug‘dirishi mumkin.
Izoh (0)