Avstraliyaning Mernda qishlog‘ida politsiya zobiti shu yerdan o‘tib ketayotgan bolaning ko‘z o‘ngida kenguruni otib tashladi. Bu haqda, News Corp’ga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.
Merndada avtomobil kenguruni urib ketgani tufayli politsiyachilar voqea joyiga chaqirilgan edi. Jonivorning og‘ir ahvoldaligini ko‘rgan huquq-tartibot xodimlarini uni otib o‘ldirishga qaror qildi. Xodimlardan biri kenguruni nishonga olganida uning hamkasblaridan biri “U yerda bola bor, janob” deb qichqirdi. Ammo zobit baribir jonivorni otdi, bir necha soniyadan so‘ng esa ularning yonidan samokatda bola o‘tib ketdi.
Voqeani videoga olgan qishloq vakili Xesh Tropoya bolaning omadi kelganini ta’kidladi.
“Unga hech narsa qilmagani chinakam omaddir”, — dedi erkak.
Izoh (0)