Tokio–2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarining budjeti 2 trillion iyena (qariyb 18,2 mlrd dollar)gacha qisqarishi mumkin. Bu haqda Kiodo agentligi Tokio–2020 tashkiliy qo‘mitasiga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Xabarda qayd etilishicha, bunday hisob-kitob Yaponiya poytaxtida 29-noyabr kuni Xalqaro olimpiya qo‘mitasi (XOQ), Tokio va Yaponiya markaziy hukumatining yuqori martabali vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan yig‘ilishda taqdim etladi.
Avvalroq Tokio–2020 ning budjeti 3 trillion iyena (29,5 mlrd dollar)ga yetishi mumkinligi haqida xabar qilingandi. Ammo ushbu summa XOQ va Tokio gubernatori Yuriko Koike tomonidan tanqid qilinganidan keyin loyiha budjeti qisqartirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)