Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi “Sibur Arena” majmuasida davom etayotgan boks bo‘yicha 17–18 yoshli sportchilar o‘rtasidagi jahon chempionatining 4-kunida ringga ko‘tarilgan o‘zbekistonlik 3 nafar bokschining har biri g‘alaba qozondi. Bu haqda “Olamsport” xabar bermoqda.
-60 kilogramm vaznda qatnashayotgan Bilolbek Mirzarahimov qozog‘istonlik Sanatali Toltayevni 5:0 hisobida mag‘lub etdi.
-69 kilogramm vazndagi Ulug‘bek Sobirov ikkinchi jangida ham muvaffaqiyatga erishdi. U jazoirlik Samir Mekaoucheni 5:0 hisobida dog‘da qoldirdi. Ulug‘bek ilk jangida yaponiyalik Zen Kuroyanagini mag‘lubiyatga uchratgandi.
-75 kg vazn toifasida o‘z imkoniyatini sinovdan o‘tkazayotgan Shohruzbek Rustamov ikkinchi jangini o‘tkazdi. Ozarbayjonlik Rasim Chobanliga qarshi kechgan bahsda O‘zbekiston vakili 5:0 hisobida zafar quchdi. Shohruzbek ilk jangida belaruslik Yagor Skamaroxni 5:0 hisobida taslim etgan edi.
Eslatib o‘tamiz, boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati 26-noyabrga qadar davom etadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)