Kobul chetidagi Dorulomon tumanida joylashgan shia masjidiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni IShID terrorchi guruhi o‘z zimmasiga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, terakt oqibatida 32 kishi halok bo‘lgan.
Shialar Ashurodan keyingi chillada nishonlanadigan Arbaina motam marosimiga to‘plangan payti xudkush terrorchi o‘zini havoga uchirdi. Halok bo‘lganlar orasida bolalar ko‘pligi qayd etilmoqda.
Bundan tashqari, 50 dan ortiq odam yaralandi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)