Hindistonda 21-noyabr, dushanba kuni mamlakatda ishlab chiqarilgan yadroviy zaryadli Prithvi-II nomli ballistik raketa sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent.net”.
Harbiylar Chandipura shahri (Orissa shtati)dagi poligonda bir necha daqiqada ikkita uchirishni amalga oshirdi.
“Yer–yer” sinfiga mansub Prithvi-II raketasi 500 kilogrammdan 1 tonnagacha bo‘lgan og‘irlikdagi yadroviy zaryadni olib yurishga qodir. Raketa 350 kilometrgacha bo‘lgan masofaga zarba bera oladi. Uning og‘irligi 4,6 tonnani tashkil qiladi.
Qayd etish joiz, Prithvi-II Hindistonning boshqariladigan raketalar majmuaviy dasturi doirasida yaratilgan birinchi raketa bo‘ldi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)