“Bavariya” futbol klubi muxlislarining avtobusi Dortmund shahridan Myunxenga qaytayotganida yonib ketdi. Bu haqda Bild xabar bermoqda.
“Bavariya” muxlislari jamoaning “Borussiya Dortmund”ga qarshi Germaniya chempionati 11-turidan qaytayotgan edi. Mazkur o‘yinda dortmundliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, “Bavariya”ning Bundesligadagi ilk mag‘lubiyatiga sababchi bo‘ldi.
Avtobus haydovchisi transport vositasidan tutun chiqqanini payqadi. Shundan so‘ng motor qismi alanga oldi. Haydovchi avtobusni to‘xtatib, barcha yo‘lovchilarni salonni tark etishga chaqirdi. Transport vositasida bo‘lgan 50 nafarga yaqin muxlisdan hech biri jarohat olmadi.
Ma’lum muddatdan so‘ng myunxenlik muxlislarga boshqa avtobus ajratildi va ular o‘z manziliga muvaffaqiyatli yetib oldi.
Ma’lumot uchun, Germaniya chempionati 11-turidan so‘ng “Bavariya” 24 ochko bilan 2-o‘rinda bormoqda. “Borussiya Dortmund” 21 ochko bilan 3-pog‘onaga joylashdi. Chempionat debyutanti “Leypsig” 27 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)