Noyabr oyining oxirida Shimoliy qutbda ob-havo me’yoridan issiqroq bo‘lmoqda. Arktikada qutb tuni davom etayotganiga qaramay, muzliklar erib ketmoqda, deb xabar qiladi TJournal.
Ta’kidlanishicha, ayrim hududlarda muzliklarning o‘sishi davom etmoqda, ammo okeanning Frans-Iosif yeriga yaqin hududlarida ro‘y berayotgan qisqarishlar hisobiga arktik muzlik hajmi kamayib bormoqda. Olimlarning ta’kidlashicha, avgust oyida ikki shiddatli po‘rtana keng muz maydonlarini bo‘lib yubordi, mintaqaga issiq suvlarni olib keldi, bu keyingi oylar davomida erishning kuchayishiga sabab bo‘ldi. Ayni paytda 2016-yilning 160 kuni mobaynida Arktika muzlari rekord darajadagi kam maydonga ega bo‘ldi, hozir u yerda muz sathi 2012-yilning shu davriga nisbatan ancha past.
Bundan tashqari, oq, yaltiroq muz Quyosh nurlarini qaytarib, havoning yanada isishiga olib keladi. Bu omillarning bari mintaqada g‘ayritabiiy darajadagi issiq qishning kuzatilishiga zamin yaratdi. Arktikaning Rossiyaga tegishli hududlarida havo harorati shu davr me’yoriga nisbatan 7 darajaga, Shimoliy qutbda esa 20 darajaga issiqroqdir.
“Arktikaning isishiga bir necha omillar sabab bo‘ldi: maydonning rekord darajadagi kichik maydoni va, aftidan, qalinligi, shuningdek, quyi kengliklardan ko‘p hajmda issiq havoning kelishi”, — dedi Ratgers universiteti iqlimshunosi Jennifer Frensis.
Izoh (0)