Braziliyada 19-noyabr, shanba kuni harbiy politsiya vertolyoti halokatga uchradi. Uning bortidagi boshqarma xodimlarining to‘rt nafari qurbon bo‘ldi. Bu haqda Globo telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Rio-de-Janeyroning sharqiy tumani Sidade-de-Deushda yuz bergan.
Hodisa sabablari haqida ma’lumotlar keltirilmadi, biroq vertolyot halokatga uchragan joyda avvalroq otishma ovozlari eshitilganligi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)