Malayziyalik 101 yoshli ona o‘limiga qadar 63 yoshli nogiron farzandiga g‘amxo‘rlik qildi. Bu haqda “Marketium” xabar bermoqda.
Ayol shu yili olamdan o‘tdi. Uning nogiron o‘g‘li 63 ga kirdi.
Ta’kidlanishicha, ayol hech qachon taqdirdan nolimagan, u har doim farzandiga g‘amxo‘rlik qilib kelgan. Hayotining so‘nggi yillarida ayolning xotirasi yomonlasha boshlagan, ammo u hech qachon o‘g‘lining ismini va uning ehtiyojlarini unutmagan. Oyoqlar atrofiyasiga uchragan o‘g‘li hatto xasta onasiga yaqinlasha olmagan, uni ko‘tarib, onasining o‘lim to‘shagi oldiga olib kelishgan.
Abdulrahmon Saud yetim bo‘lib qoldi. Uning yoshidagilar uchun bu ruhiy zarba bo‘lsa, Saud uchun chinakam fojiadir. Axir erkak yurishni ham, gapirishni ham bilmaydi.
Izoh (0)