Olimlar amalga oshirgan hisob-kitoblar KIC 11145123 yulduzi koinotdagi eng yumaloq obyekt ekanligini aniqlashga yordam berdi. Ushbu samoviy jism Oqqush yulduzlar turkumida joylashgan, deb xabar beradi “Hi-Tech.Mail.ru”.
“Ushbu yulduzning ekvatorial va qutb diametrlari bir-biridan 6 kilometrga farq qiladi. Bu KIC 11145123 ni bugunga qadar insonlar ochgan eng yumaloq obyekt deb hisoblashga asos beradi. U Quyosh va har qanday boshqa yulduzdan yumaloqroqdir”, — dedi Gyottingendagi Quyoshni o‘rganish instituti xodimi Loran Gizon.
Ilgari Quyosh va boshqa yulduzlar sharsimon obyektlar hisoblanardi. Ammo teleskoplar kashf etilganidan so‘ng osmon jismlari o‘z o‘qi atrofida aylanishi va ularga markazdan qochish kuchlari ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Buning natijasida ushbu jismlar yapaloqlashadi. Ayrim yulduzlar shu qadar tez harakatlanadiki, ular shardan ko‘ra ko‘proq tuxumga o‘xshaydi.
Izoh (0)