Amerika hukumati Qatar va Kuvayt hukumatlariga 31 milliard dollardan ortiq mablag‘ga qiruvchi samolyotlarni yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 17-noyabr, payshanba kuni AQSh Mudofaa vazirligi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Qatarga 72 ta F-15QA qiruvchi samolyoti va ular bilan bog‘liq qurol-yarog‘ va jihozlarni sotish rejalashtirilmoqda. Ushbu shartnomaning qiymati 21,1 milliard dollarni tashkil etadi.
Kuvaytga esa 40 ta samolyot: 32 ta F/A-18E qiruvchi-bombardimonchi samolyot, 8 ta F/A-18F qiruvchi-bombardimonchi samolyot, shuningdek, ular uchun zaxira dvigatellari va boshqa turli harbiy texnikalar yetkazish rejalashtirilmoqda. Shartnomaning qiymati 10,1 milliard dollarni tashkil etadi.
AQSh Davlat departamenti belgilangan kelishuvlarni amalga oshirishga ruxsat bergan. Amerika ma’muriyati 17-noyabr kuni AQSh Kongressini Qatar va Kuvaytga ushbu harbiy texnikani eksport qilish haqida qabul qilingan qaror haqida rasman xabardor qildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)