Mutlaq jangchilar chempionati (UFC)ning o‘rta yengil va yengil vazn toifasida chempioni irlandiyalik Konor Makgregor faoliyatini 2015-yilda faoliyatini yakunlagan AQShlik kichik Floyd Meyvezer bilan jang uchun 100 million dollar ishlab olmoqchi. Bu haqda, TMZ portaliga tayanib, “TASS” xabar bermoqda.
Avvalroq Meyvezer UFC jangchisi Konor Makgregor bilan boks qoidalariga ko‘ra jang qilish istagi borligi haqida ma’lum qilgan edi.
“Floyd bunga tayyor emas. U haqiqiy jang qilishni istamaydi. U boks jangini istayapti. Meyvezer asl kurashni xohlamayotgani uchun, boks qoidalari bilan o‘tadigan bellashuv uchun 100 million dollar xohlayman”, – dedi irlandiyalk bokschi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Meyvezer mashg‘ulotlarga qaytgani va bu uning bokschilik faoliyatini yangilashi mumkinligi haqidagi xabarlarning paydo bo‘lishiga majbur qilgani xabar qilingandi.
Ma’lumot uchun, Konor Makgregor ikki vazn toifasida UFC chempioni bo‘lgan birinchi jangchi hisoblanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)