O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoyev Rumen Rudevni Bolgariya Respublikasi prezidenti lavozimiga saylangani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Maktubda har ikki mamlakat siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda samarali hamkorlik sur’atlarini oshirish va kengaytirish uchun va keng qulay imkoniyatlarga ega ekani ta’kidlandi.
Shavkat Mirziyoyev Rumen Rudevning yuqori lavozimdagi faoliyati o‘zaro hurmat va manfaatlarni hisobga olish tamoyillariga asoslangan O‘zbekiston va Bolgariya o‘rtasidagi an’anaviy do‘stlik va mustahkam munosabatlar har ikki davlat va xalqning manfaatlari yo‘lida bundan-buyon ham rivojlanishi uchun zamin yaratishiga ishonch bildirdi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)