Chexiya prezidenti Milosh Zeman AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Trampning sobiq rafiqasi Ivanaga qo‘ng‘iroq qilib, u AQShning Pragadagi elchisiga aylanish haqida bildirgan fikrni qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda prezidentning matbuot kotibi Irji Ovchachek bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“Men bundan juda quvonar edim”, — dedi Zeman Ivana Tramp bilan muloqot chog‘ida.
“AQSh Chexiyaga bundan yaxshiroq elchi yubora olmaydi”, — qo‘shimcha qildi u.
Asli chexiyalik bo‘lgan Ivana Tramp sobiq turmush o‘rtog‘iga uni Pragaga elchi sifatida yo‘llashni taklif qilgan edi.
Izoh (0)