Rossiyaning Tver viloyati Spirovskiy tumanida 15-noyabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 6 kishi — ayol va 5 nafar yosh bola halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda “Gazeta.ru”.
Xabarda qayd etilishicha, yong‘in Penkovo qishlog‘ining Markaziy ko‘chasidagi turar joyda kelib chiqdi. Yong‘in haqidagi xabar tezkor navbatchi guruhga mahalliy vaqt bilan soat 2:59 da kelib tushgan.
Yong‘in vaqtida erkak kishi jabrlangani ta’kidlanmoqda. U shok holati va o‘rta darajadagi kuyish bilan shifoxonaga yotqizildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)