Xitoyning Shansi provinsiyasida biznesmen berilgan vazifalarni bajara olmagan xodimlarini un qurtini yeyishga majbur qildi, deb yozadi Shanghaiist.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, kamsitish jarayoni Xanchjun shahridagi biznes-markazlardan birida bo‘lib o‘tgan. Rahbar 60 nafar yosh xodimni bitta xonaga to‘plagan. Xodimlardan biri ularga bir chelak qurt, ovqat uchun tayoqchalar, krujka va bayszyu (kuchli alkogol ichimlik) keltirgan.
So‘ng savdo bo‘limi rahbari aybdorlarni birma-bir chaqirib, ularga lichinka va alkogol aralashmasini yutishga bergan. Qo‘ldan boy berilgan har bir mijoz uchun ishchi to‘rttadan un qurtini yeyishi kerak edi. Firma direktori so‘zlariga ko‘ra, har bir ishchi jazoni o‘z ixtiyori bilan o‘tagan, faqat tug‘ilajak bolasining taqdiridan tashvishlangan homilador ayolgina bundan bosh tortgan.
Izoh (0)