Hindistonning Kochchi shahrida 10–14-noyabr kunlari kurash bo‘yicha 20 yoshgacha bo‘lgan polvonlar o‘rtasida sakkizinchi jahon chempionati bo‘lib o‘tgani, unda o‘zbekistonlik sportchilar 12 ta medalga sazovor bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
O‘zAning ma’lum qilishicha, Kochchi shahrida, shuningdek, Xalqaro kurash assotsiatsiyasining XVI kongressi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston madaniyat va sport ishlari vazirining birinchi o‘rinbosari Murod Aliyevning O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan xalqaro turnir tashkil etish taklifi ishtirokchilar tomonidan ma’qullandi.
Xabarda ta’kidlanishicha, mazkur turnir birinchi marta 2017-yil Toshkent shahrida o‘tkaziladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)