Toshkent shahridagi “Jar” stadionida 14-noyabr, dushanba kuni ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston Kubogi–2016 musobaqasining final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshining “Sevinch” jamoasi Bekobodning “Metallurg W” klubiga qarshi bahs olib borib, 2:0 hisobida g‘alaba qozondi, deb xabar bermoqda “Sevinch” PFK matbuot xizmati.
Oktabr oyida 12-marta O‘zbekiston chempionligini rasmiylashtirgan “Sevinch” jamoasi to‘qqiz karra O‘zbekiston Kubogi sohibi bo‘ldi.
Qayd etish joiz, “Sevinch” ayollar futzal jamoasi 2016-yilgi mavsumda g‘alaba qozonib, 12 karra O‘zbekiston chempioni nomiga sazovor bo‘lgandi.
O‘zbekiston Kubogi–2016. Final
“Metallurg W” (Bekobod) – “Sevinch” (Qarshi) 0:2
Gollar: Feruza Turdiboyeva (2), Zebo Jo‘rayeva (14).Bosh hakam: Anna Sidorova (Toshkent).
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)