Ispaniya politsiyasi o‘zini FIFA vakili deb tanishtirib, mahalliy jamoalaridan biri bilan shartnoma imzolab berish evaziga yosh futbolchining otasidan pul tama qilgan firibgarni qo‘lga oldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
2015-yil iyulida firibgar ushbu insonni uchratib, uni alday boshlagani ma’lum bo‘ldi. Qallob o‘z “xizmati” evaziga 4 ming yevro talab qilgan edi. Erkak pulni to‘ladi, lekin uzoq vaqt mobaynida soxta amaldordan hech qanday darak ololmadi. Klubga murojaat qilganida ular bunday insonni tanimasligini ma’lum qildi. Shunda aldov qurboni politsiyaga shikoyat qildi.
Firibgar 43 yoshli Senegal fuqarosi bo‘lib chiqdi. U Alxersiras shahri sudiga yetkazildi.
Izoh (0)