Futbol bo‘yicha Kanada milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Maykl Findli Janubiy Koreyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinidan keyin o‘z fikrlarini bildirib, O‘zbekistonga qarshi bellashuvda koreyaliklar favorit ekanini qayd etib o‘tdi. Uning so‘zlaridan “Championat.asia” iqtibos keltirdi.
“Menimcha, Janubiy Koreya O‘zbekiston uchun yetarlicha muammo tug‘diradi. Ular texnik tomondan kuchliroq. O‘zbekistonga qarshi o‘yinda Janubiy Koreya ustunlikka erishadi”, — deb aytib o‘tgan Maykl Findli.
Qayd etish kerak, 2016-yilning yozida O‘zbekiston va Kanada terma jamoalari Avstriyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazgan bo‘lib, bellashuv Samvel Babayan jamoasining 1:2 hisobidagi mag‘lubiyati bilan yakuniga yetgandi. 11-noyabr kuni esa Kanada Seulda Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelib, 0:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Izoh (0)