Filippin sohillarida 6,3 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, Yevropa O‘rta Yer dengizi seysmologiya markaziga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Silkinish epitsentri Jomalig orolidan 62 kilometr shimolroqda joylashgan edi. Ofat o‘chog‘i 10 kilometr chuqurlikdan o‘tadi.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q.
Izoh (0)