AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp Oq Uyga tashrifi chog‘ida maxsus xizmatlardan maxfiy axborot olish ruxsatiga ham ega bo‘ldi. Bu haqda, Fox News telekanaliga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Jumladan, kanalning ma’lum qilishicha, endi razvedka xizmatlarining davlat rahbariga har kunlik brifingida (PDB) aks etgan ma’lumotlar Trampga ham yetkaziladi. PDB eng muhim va maxfiy ma’lumotlar aks etgan o‘ziga xos gazetani eslatadi.
Razvedka xizmatlari prezidentlikka nomzodlarga ham bir qator masalalar, jumladan, Xitoy, Eron va IShID bo‘yicha axboriy ko‘mak sifatida brifing yetkazib turadi, ammo PDB undan sezilarli farq qilishi aytilmoqda.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)