“Tolibon” harakati 12-noyabr, shanba kuni ertalab AQSh va NATOning Parvon viloyatida (Afg‘oniston) joylashgan Bagram harbiy bazasi yaqinida sodir etilgan portlash uchun javobgarlikni zimmasiga oldi. Bu haqda harakat vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
NATOning mamlakatdagi missiyasi portlash haqidagi xabarni tasdiqladi. Alyansga ko‘ra, mazkur terakt oqibatida kamida 4 kishi halok bo‘ldi, 10 dan ortiq kishi yaralandi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)