Rossiyaning Krasnoyarsk shahrida 32 yoshli erkak Toyota Land Cruiser mashinasini olib qochib ketgani tufayli qo‘lga olindi. U o‘g‘irlangan mashinani shu ayolga o‘zi sotgan edi, deb xabar beradi TJournal.
Ayol huquq-tartibot idoralariga murojaat etib, mashina do‘kon yaqinidagi avtoturargohdan olib qochilganini xabar qildi. Tergovchilar bu ishni mashinaning sobiq egasi amalga oshirganini aniqladi. Avtomobilga signalizatsiya tizimi o‘rnatilmaganini bilgan erkak ayol do‘konda xarid bilan mashg‘ulligida uni o‘g‘irlab ketdi.
Voqea yuzasidan tergov boshlandi. Tergov yakuniga qadar Toyota Land Cruiser politsiya tomonidan olib qo‘yildi.