Amerikalik taniqli yozuvchi Stiven King Donald Trampning prezident saylovidagi g‘alabasidan so‘ng Twitter ijtimoiy tarmog‘ini tark etishini bildirdi. Yozuvchi Hillari Klinton nomzodini qo‘llab-quvvatlayotgan edi, deb ma’lum qiladi “Korrespondent.net”.
“Yaqin kelajakda endi hech qanday kitob tavsiyalari, siyosat va kuchukchalar ishtirokidagi quvnoq rasmlar bo‘lmaydi. O‘chirmoqdaman”, — deb yozdi u xayrlashuv tvitida.
Kingning Twitter’dagi obunachilari soni 2,5 million kishi atrofida edi.
Izoh (0)