AQShning bo‘lajak prezidenti Donald Tramp Fors ko‘rfazida turgan Eron harbiy-dengiz kuchlari kemalariga tahdid qilishi hazildan boshqa narsa emas edi. Bu haqda Eron Qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari general Muhammad Husayn Bagiriy bayonot berdi, deb xabar qiladi “TASS”.
“Bu inson (Tramp) o‘zining targ‘ibot kampaniyasi chog‘ida ko‘p balandparvoz bayonotlar berdi va ancha-muncha ahmoqliklarni gapirdi. Uning Fors ko‘rfazi va Xurmuz bo‘g‘ozidagi Eron kemalariga nisbatan tahdid solishini hazil deb hisoblash lozim”, — dedi general Tasnim agentligi bilan suhbatda.
O‘z saylovoldi kampaniyasi doirasida Tramp Eronning patrul kemalari “to‘plar zarbalari bilan suv yuzidan supurib tashlanishi” bilan tahdid qilgan edi.
Izoh (0)