Qatardagi JCh–2022 turniri davomida ko‘chalarda, jamoat joylari va, ehtimol, stadionlarda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu haqda JCh–2022 tashkiliy qo‘mitasi bosh kotibi Hasan al-Tavadi ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
“Alkogol mahsulotlarini ko‘chalarda, jamoat joylarida, maydonlarda iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu yakuniy qaror. Biz stadionlar va uning atrofida alkogol tarqatilishiga qarshimiz. Urf-odatlarimiz hamda Qatar qonunchiligiga rioya qilamiz”, – dedi Hasan al-Tavadi.
Hasan al-Tavadi, shuningdek, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish butunlay taqiqlanmasligini ta’kidladi. Uni maxsus joylarda ichish mumkin bo‘ladi. Qatar qonunchiligiga ko‘ra, alkogol, masalan, mehmonxonalarda taqiqlangan.
Xabarda qayd etilishicha, alkogol mahsulotlarini iste’mol qilishga to‘sqinlik qilish FIFA va turnirning asosiy hamkorlari o‘rtasida ixtilof kelib chiqishiga olib kelishi mumkin.
Ma’lumot uchun, JCh–2022 turniri 21-noyabrdan 18-dekabrgacha, Qatarning yetti shahri – Doha, Lusail, Al-Vaqro, Al-Xor, Ar-Rayyon, Umm-Salal va Madinat-ash-Shamalda bo‘lib o‘tadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)