O‘zbekistonda 10-noyabrdan yong‘in xavfsizligi kunlari boshlanadi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi yong‘in xavfsizligi Bosh boshqarmasi bayonot berdi, deb xabar qiladi “Gazeta.uz”.
2011-yildan beri O‘zbekiston hukumatining 20-noyabrdagi qaroriga muvofiq yong‘in xavfsizligi oyligi o‘tkazib kelinadi. Bu safar Bosh vazirning 7-noyabrdagi farmoyishiga binoan tadbir ikki oy — 2017-yil 10-yanvariga qadar davom etadi.
Xavfsizlik kunlaridagi asosiy vazifalar — iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha obyektlarini, shuningdek, uy-joy fondini yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqlashtirish, alohida davlat ahamiyatiga molik yoki yuqori yong‘in va portlash xavfiga ega obyektlarda yong‘in xavfsizligini mustahkamlash bo‘yicha kompleks tadbirlar o‘tkazish.
Izoh (0)