Italiyalik FIFA referisi Nikola Ritssoli Fransiyada o‘tkazilgan Yevro–2016 turnirining eng yaxshi hakami deb topildi. Bu haqda “Chempionat” xabar bermoqda.
Italiyalik referiga mukofot 15-noyabr kuni Italiya va Germaniya terma jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinidan oldin topshiriladi.
Nikola Ritssoli Yevropa chempionatida to‘rtta o‘yinda, shu jumladan, Germaniya va Fransiya (0:2) o‘rtasidagi yarim final uchrashuvida ishlagan.
Qayd etish joiz, 45 yoshli Ritssoli 2014-yili Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida ham eng yaxshi hakam deb topilgandi.
Ma’lumot uchun, Portugaliya va Fransiya (1:0) o‘rtasidagi Yevro–2016 finali angliyalik Mark Klattenburgga topshirilgan edi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)