Kecha, 7-noyabr kuni professional tennischilarning yangi haftalik reytingi e’lon qilindi. Unga ko‘ra, dunyo tennischilari reytingini 122 hafta mobaynida boshqarib kelgan serbiyalik Novak Jokovich o‘z o‘rnini britaniyalik Endi Marreyga bo‘shatib berdi. Bu haqda “Olamsport” ma’lum qilmoqda.
Xabarda ta’kidlanishicha, O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin o‘tgan haftadagi o‘rniga nisbatan bir pog‘onaga pastladi. Denis yangi reytingda 428 ochko bilan 139-o‘rinni egallab turibdi.
O‘zbekistonning ikkinchi raketkasi Farrux Do‘stov esa uch pog‘onaga yuqorilab, 435-o‘rindan joy oldi.
Quyida ATP’ning 7-noyabr holatiga ko‘ra yangilangan reytingi keltirilgan.
1 (2). Endi Marrey (Buyuk Britaniya) 11185 ochko
2 (1). Novak Jokovich (Serbiya) 10780
3 (3). Sten Vavrinka (Shveysariya) 5115
4 (5). Milosh Raonich (Kanada) 5050
5 (4). Kei Nisikori (Yaponiya) 4705
6 (7). Gael Monfis (Fransiya) 3625
7 (10) Marin Chilich (Xorvatiya) 3450
8 (6). Rafael Nadal (Ispaniya) 3300
9 (10). Dominik Tim (Avstriya) 3215
10 (11). Tomash Berdix (Chexiya) 3060
...
139 (138). Denis Istomin (O‘zbekiston) 428
...
435 (438). Farrux Do‘stov (O‘zbekiston) 90
Izoh: Qavs ichida tennischilarning o‘tgan haftadagi o‘rni keltirilgan
Izoh (0)