O‘zbekiston U19 termasi bilan Bahrayndagi Osiyo Chempionatida ishtirok etgan va Jahon Chempionatiga chiqish vazifasini uddalay olmagan Jasur Abduraimov endilikda O‘zbekiston U22 termasini boshqarib boradi. Uning yangi jamoasi bugun — 8-noyabr kuni Xitoydagi xalqaro turnirda o‘z ishtirokini boshlaydi.
O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, o‘zbekistonlik futbolchilar Meksika, Xitoy va Vyetnam termalariga qarshi o‘yinlarda ishtirok etadi. 8-noyabr kuni Meksika U22 bilan bahs olib boradigan jamoa, 10-noyabr kuni Xitoy bilan, 13-noyabr kuni esa Vyetnam bilan uchrashuv o‘tkazadi.
Ma’lumot uchun, 22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Chempionati har ikki yilda bir marta o‘tkaziladi va mazkur musobaqaning har ikkitasidan biri Olimpiada o‘yinlari uchun saralash vazifasini o‘tab beradi.
22 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarga so‘nggi bor Samvel Babayan murabbiylik qilgan bo‘lib, uning jamoasi Rio—2016 chiptasini qo‘lga kirita olmagandi. Jasur Abduraimov tayyorgarlik ko‘radigan 2018-yilgi Osiyo Chempionatining esa Olimpiada uchun aloqasi bo‘lmaydi.
Xitoydagi turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston termasining tarkibi bilan tanishing:
Izoh (0)