Yaponiyada safar bilan bo‘lib turgan Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev 2016-yilgi Goi tinchlik jamg‘armasining maxsus premiyasi bilan taqdirlandi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Nazarboyev ushbu mukofotga yadroviy quroldan xoli dunyo yaratish hamda yadroviy qurolni tarqatmaslik ishiga katta hissa qo‘shgani bois munosib ko‘rildi. Taqdirlash marosimi 8-noyabr kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda chiqish qilar ekan, Nazarboyev ushbu mukofotning unga topshirilishi butun dunyo Semipalatinsk poligonidagi yadroviy tajribalarni boshidan kechirgan Qozog‘iston xalqi bilan birdamligidan dalolat berishini ta’kidlab o‘tdi.
“Kuchi Xirosimaga tashlangan atom bombalarining 2,5 mingtasiga teng bo‘lgan 500 ga yaqin portlash bizning yadroviy tahdidga bo‘lgan munosabatimizni butunlay o‘zgartirib yubordi. Aynan shu tufayli biz yadroviy poligonni yopgan birinchi mamlakat bo‘ldik, jahondagi kattaligi jihatidan to‘rtinchi yadroviy arsenaldan o‘z ixtiyorimizga ko‘ra voz kechdik, shuningdek, Markaziy Osiyoda yadrodan xoli zona yaratdik”, — dedi Nazarboyev.
Izoh (0)