NASA Eagleworks laboratoriyasi hujjatlari EmDrive “imkonsiz” dvigatelining mavjudligini va u ishlay olishini tasdiqlaydi. Qurilmaning ishlash prinsiplarini klassik saqlanish qonunlari asosida tushuntirib bo‘lmaydi, deb ma’lum qiladi “Hi-Tech.Mail.ru”.
EmDrive tarkibiga mikroto‘lqinlar yaratuvchi magnetron hamda ularning to‘lg‘anishlaridan energiya to‘plovchi rezonator kiradi. Yangi versiyasi uchun yaqindagina patent olingan agregat tortish kuchini vakuumda ishlaganida 1,2 millinyuton/kilovatt darajasigacha o‘stirishi mumkin.
EmDrive’ning o‘ziga xosligi shundaki, u yoqilg‘isiz ishlaydi. Bu agregat massasini kamaytiradi hamda qisman quvvat yo‘qotilishining o‘rnini bosadi.
NASA hisob-kitoblariga qaraganda, EmDrive dvigatelida Marsga parvoz qilish o‘n hafta vaqt oladi.
Hujjatlarda qayd etilishicha, birinchi sinovlar natijalari xato bo‘lib chiqdi, negaki ularda mutaxassislar tashqi ta’sirlarni inobatga olmagan edi. Takroriy sinovlar chog‘ida xatolar tuzatilgani bois ularning natijalarini haqqoniy deb hisoblasa bo‘ladi.
Izoh (0)