Amazon’ga tegishli Alexa tahliliy kompaniyasi jahonning eng mashhur saytlari reytingini tuzdi. Sayyoraning eng mashhur onlayn resurslari o‘n beshligiga Google’ning uch versiyasi kirdi, deb yozmoqda “Hi-Tech.Mail.ru”.
Saytlarning mashhurligini Alexa kunlik o‘rtacha auditoriya hamda oxirgi uch oyda o‘qilgan sahifalar soniga qarab aniqladi. Butun dunyo bo‘yicha jami 30 million resurs o‘rganib chiqildi.
Google eng ko‘p foydalaniladigan sayt maqomida qoldi. Uning hindcha versiyasi yettinchi, yaponcha versiyasi esa o‘n birinchi pog‘onani egalladi.
Reyting quyidagicha ko‘rinish oldi:
- Youtube
- Baidu
- Wikipedia
- Yahoo
- “Google.co.in”
- Amazon
- “Google.co.jp”
- “Live.com”
- Taobao
- Vk
Izoh (0)