Fransiyaning sobiq iqtisodiyot vaziri Emmanyuel Makron mamlakat prezidentligiga saylovda o‘z nomzodini ko‘rsatishni rejalashtirmoqda. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Fransiyalik yosh siyosatchi ilgari amaldagi prezident Fransua Ollandning yaqinlaridan biri hisoblanardi hamda uning ko‘rsatmasi bilan 2014-yilda iqtisodiyot vaziri etib tayinlangan edi. Ammo turli siyosiy kelishmovchiliklar tufayli u 2016-yil avgustida lavozimdan chetlashtirildi. Vazirning o‘zi saylovda ishtirok etish maqsadida lavozimni tark etganini aytdi.
Shundan so‘ng Makron “Marshda” nomli o‘z siyosiy harakatini tashkil etdi va prezidentlik saylovida ishtirok etish niyati u yoki bu darajada ifoda topgan bayonotlar bilan chiqa boshladi. Shuningdek, Makron Fransua Ollandni tanqid ostiga olib kelayotgan edi.
Izoh (0)