O‘zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda uning tizimidagi muassasa-tashkilotlarga yuridik va jismoniy shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarga tezkorlik bilan munosabat bildirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari foydalanuvchilari hamda tadbirkorlik subyektlari bilan yuzaga kelayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qilish choralarini ko‘rish maqsadida, vazirlik markaziy apparatida murojaatlar bilan ishlashga mo‘ljallangan maxsus bo‘lim tashkil etildi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.
Bo‘lim faoliyati davomida quyidagi masalalar bilan shug‘ullanadi:
- fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
- fuqarolar murojaatlarini qabul qilish va ularga birlamchi javoblarni tayyorlash;
- murojaatlarni ro‘yxatga olish;
- murojaatlardagi masalalarga rahbariyat bilan kelishgan holda yechim topish;
- murojaatchining murojaati boshqa tashkilot-muassasalarga yo‘naltirilgani to‘g‘risida ogohlantirish;
- murojaatchining murojaati ko‘rib chiqilish muddati bilan ogohlantirish;
- murojaatlarga yechim topilishini monitoring qilish, ular bilan ishlash jarayonini nazorat qilish, masalalarga yechim topilishini tashkil qilish;
- murojaatlar bo‘yicha axborot-ma’lumotlarni tayyorlash;
- murojaatlar bilash ishlashda choralarni tashkil etish va murojaatlarni saqlash;
- murojaatlarga yechim topilishi yuzasidan tahlil yuritish va bu bo‘yicha statistik material tayyorlash;
- fuqarolarning og‘zaki murojaatlari bo‘yicha ishlash.
Shuningdek, fuqarolar bilan o‘zaro faol munosabatlarning o‘rnatilishi vazirlik va uning tizimidagi tashkilotlarning faoliyat samaradorligini yanada oshishiga xizmat qiladi.
Izoh (0)