Daryo

BAAda isroillik ravvin o‘ldirib ketildi

Qotillar Turkiyaga qochib ketgani, ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani aytilmoqda

1 daqiqa o‘qish35 580 ko‘rishlar0 izoh0

Birlashgan Arab Amirliklari maxsus xizmati va xavfsizlik organlari 21-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan isroillik ravvin Zvi Koganning jasadini topdi. Bu haqda Isroil hukumati xabar berdi.

Foto: BBC
Zvi Koganning o‘ldirilishi jinoiy antisemitik terrorchilik harakatidir. Isroil davlati uning o‘limida aybdor bo‘lgan jinoyatchilarni, albatta, javobgarlikka tortadi va buning uchun barcha yo‘llar bilan harakat qiladi, deya ta’kidlangan Isroil Tashqi ishlar vazirligi bayonotida.

Abu Dabidagi Isroil elchixonasi Kogan oilasi bilan aloqada. Marhum Isroil va Moldova fuqaroligiga ega bo‘lib, yahudiylarning “Xobod” diniy harakatida faoliyat yuritgan va uning Abu Dabidagi vakili bo‘lgan. Shuningdek, u yahudiy jamoasining bosh ravvini yordamchisi va Dubaydagi “Rimon” kosher supermarketining rahbari edi.

Zvi Kogan 21-noyabr kuni bedarak yo‘qolgan. Uning o‘ldirilgani, qotillar esa Turkiyaga qochib ketgani haqida xabarlar tarqalgan. Isroilning Walla yangiliklar portali Isroil hukumati ravvinni Eron razvedkasi kuzatgani haqidagi ma’lumotlarga ega ekani haqida yozdi.

Koganning rafiqasi AQSH fuqarosi bo‘lib, u bilan BAAda yashagan. U 2008-yilda Hindistonning Mumbay shahrida bo‘lib o‘tgan hujumda o‘ldirilgan ravvin Gavriel Xolsbergning jiyani hisoblanadi.

Karimova Zulfiya Abduhakim qizi. 1999-yilda Toshkent shahrida tavallud topgan. Millati — o‘zbek. 2023-yilda O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining xalqaro jurnalistika yo'nalishi bakalavr bosqichini tamomlagan.

Telegram kanal@daryo_worldObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar