Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektorining virtual qabulxonasi ishga tushirildi. Bu haqda “Anons.uz” xabar bermoqda.
Qayd etish joizki, To‘lqin Teshaboyev mahalliy oliy o‘quv yurtlari rahbarlari orasida birinchi bo‘lib bunday yangilikka qo‘l urdi. Endi talabalar va o‘qituvchilar qabulxona sayti orqali rektorga to‘g‘ridan-to‘g‘ri taklif yoki shikoyatlari bilan murojaat etishi mumkin.
Virtual qabulxona sayti nafaqat murojaatlarni jo‘natish, balki ularning bajarilishini kuzatib borish imkonini ham beradi. Shuningdek, so‘rovlarga ham bevosita mazkur saytdan javob olish mumkin. Buning uchun saytda joylashtirilgan elektron shaklni to‘ldirish va jo‘natish kifoya.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Davlat raqobat qo‘mitasi raisining virtual qabulxonasi ishga tushirilgani haqida ma’lum qilingandi.
Izoh (0)