O‘zbekistonda 7-noyabr kuni kunduzi va 8-noyabrga o‘tar kechasi yog‘ingarchilik kuzatilmadi. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar bermoqda.
7-noyabr kuni kunduzi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng yuqori ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Nukusda +10 daraja, Urganchda +11 daraja, Buxoro, Andijon, Namanganda +15 daraja, Toshkent, Navoiy, Farg‘onada +16 daraja, Samarqand, Jizzax, Qarshida +18 daraja, Gulistonda +20 daraja, Termizda +21 daraja iliq.
8-noyabrga o‘tar kechasi O‘zbekistonning yirik shaharlari va viloyat markazlarida havo haroratining eng past ko‘rsatkichi quyidagicha bo‘ldi: Nukus, Urganchda -1 daraja sovuq, Guliston, Andijonda 0 daraja, Jizzaxda +1 daraja, Toshkent, Namangan, Farg‘onada +2 daraja, Samarqandda +3 daraja, Buxoro, Navoiyda +4 daraja, Qarshi, Termizda +6 daraja iliq.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)