Rossiyaning Ivanovo shahridagi uyda ro‘y bergan maishiy gaz portlashining markazi binoning birinchi qavatida edi. Tergov qo‘mitasi rasmiy vakili Svetlana Petrenkoning ma’lum qilishicha, birinchi qavatdagi xonadonda o‘rnatilgan gazli qozon portlagan, deb xabar beradi “TASS”.
Portlash oqibatida olti kishi, shu jumladan, to‘rt yoshli qizcha halok bo‘ldi. Yana to‘rt kishi shifoxonada. 14 kishi evakuatsiya qilindi.
Izoh (0)