Rossiyaning Ivanovo shahrida maishiy gaz portlagan uyning vayronalari ostidan 6 kishi qutqarib qolindi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
“Vayronalar ostidan olti kishi qutqarib qolindi. Ikki nafari shifoxonaga yotqizildi, yana ikki nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatildi. 14 kishi evakuatsiya qilindi”, – deyiladi xabarda.
Voqeaning boshqa tafsilotlari haqida ma’lumotlar keltirilmagan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)