Turkiya janubi-sharqidagi Shirnoq shahri markazida ro‘y bergan portlashda ikki bola halok bo‘ldi, to‘rt nafari yaralandi. Bu haqda, Milliyet nashriga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Jabrlangan olti bola darhol shifoxonaga yetkazildi, lekin ulardan ikkitasining hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmadi. Qolgan to‘rt bolaga shifoxonada yordam ko‘rsatilmoqda.
Voqea yuzasidan surishtiruv boshlab yuborildi.
Izoh (0)