Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Turkiyada chechen jangarilarining 3 nafar yetakchisi qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

Foto: “TASS”

Ramzan Qodirov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga jangarilarni topshirish iltimosi bilan murojaat etdi. Checheniston rahbarining fikricha, bu nafaqat ularni jinoiy javobgarlikka tortish, balki Turkiyada barqarorlikni ta’minlash uchun ham zarur.

Gap Maxran Saidov, Aslanbek Vadalov va Tarxan Gaziyev haqida ketmoqda. Qodirovga ko‘ra, ularning har biri ko‘plab teraktlarni uyushtirgan va amalga oshirgan.

Jumladan, Gaziyev Rossiya bosh vazirining o‘rinbosari Valentin Vlasovning o‘g‘irlanishi va politsiyachilar o‘limi, Vadalov 10 nafar politsiyachi va 3 nafar fuqaro, Saidov esa 20 nafardan ortiq odamning o‘ldirilishi va boshqa og‘ir jinoyatlarga aloqador.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak