Lyejning “Standart” jamoasi ishqibozlari Gretsiyaning “Panatinaikos” jamoasi stadionida mehmon bo‘ldi. 3:0 hisobida g‘alaba qozonga mehmonlarning ishqibozlari stadionda ommaviy mushtlashuv keltirib chiqardi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Mushtlashuvga politsiya aralashishga majbur bo‘ldi. Ixtilofda ko‘plab huquq-tartibot organlari xodimlari jarohatlandi.
Tayoqlar va qalqonlar bilan qurollangan politsiyachilar stadionda tartib o‘rnatishga urindi, ammo ishqibozlarni to‘xtatishning iloji bo‘lmadi, aksincha, politsiyachilar kaltak yedi.
Ko‘plab tartibbuzarlar hibsga olindi. UEFA voqea yuzasidan tekshiruvni boshlab yubordi.
Belgiyaliklar uchala golni ham o‘yinning oxirgi yarim soatida urildi. Ibrahima Sisse 61-daqiqada jamoasini oldinga keltirib chiqardi, Isxak Belfodilning dubli esa o‘yin taqdirini hal qildi.
77-daqiqada “Standart” o‘yinchisi Pol M’Poku maydondan chetlatilganini ishqibozlar adolatsiz qaror deb baholadi, bu mushtlashuvga sabab bo‘ldi.
Izoh (0)