Dizayner Dildora Qosimova Kashmir nomli liboslar to‘plamini 30-oktabr, yakshanba kuni taqdim etdi, deb yozadi My Day. Hindcha elementlar, o‘zbek baxmali, yorqin atlas, qora to‘rlar va ajoyib aksessuarlar — bularning barchasini namoyishda ko‘rish mumkin bo‘ldi.
“Dizayner Kashmirning nafis va hushbo‘y iforidan ilhomlangan holda o‘z to‘plamida, zamonaviy tendensiyalar va o‘zbek matolarining uyg‘unlashuviga asoslangan zamonaviy ko‘rinishlarni aks ettirgan”, — deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, to‘plam baxmal, atlas, to‘r, toshlar va trikotajga boy bo‘ldi. Dizayner dadillik ila turli xil uslublarni va matolarni uyg‘unlashtirgan. Obrazlarni esa yopinchiqlar bilan yanada to‘ldirgan bo‘lib, fakturalar bilan ishlagan. Liboslardagi kesmalar, shaffof matolar umumiy ko‘rinishga yanada latofat va nafislikni baxshida etgan.
Izoh (0)