O‘zbekiston bo‘yicha 3—4-noyabr kunlari ob-havoning keskin o‘zgarishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda “O‘zgidromet” markazi.
3-noyabrda kunduzi havo harorati keskin pasayishi boshlanadi, 4—5-noyabrda harorat kechasi 0...+2 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda -2...-1 daraja sovuqqacha, kunduzi esa +5...+7 daraja iliqqacha pasayadi.
Bundan tashqari, shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda yomg‘ir kuchli bo‘lishi mumkin. 3-noyabrda kechga tomon, 4-noyabrda kechasi va ertalab mamlakatning ayrim joylarida yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Shamolning tezligi soniyasiga 17—22 metrgacha kuchayishi kutilmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)