Odatdagi buyumlardan interyer uchun yangi, qiziqarli va funksional nimadir yaratish nafaqat dizayner va stilistlar balki har birimizning qo‘limizdan keladi. Buning uchun xohish bo‘lsa bas! G‘aroyib g‘oyalarni qo‘l ostimizdagi vositalar yordamida hayotga tatbiq etishimiz mumkin.
Har birimiz betakrorlik va individuallikka intilamiz. Yaratish jarayoni ko‘pincha katta moliyaviy xarajatlar bilan bog‘liq. Biroq ba’zan oddiy narsalarga ijodiy yondashish orqali ham kamxarj yechimlarni topish mumkin.
Quyida ana shunday g‘oyalardan bir nechasini e’tiboringizga havola etamiz:
1. Xonadoningiz gulqog‘ozlari ta’mirtalab bo‘lsa-yu, biroq ularni almashtirish uchun imkoniyatingiz bo‘lmasa, oddiy yigirilgan ip sizga yordamga keladi. Buning uchun kryuchok bilan to‘qishni o‘rganib olish kerak, xolos. Bunday bezaklar bolalar xonasi uchun ayniqsa mos keladi: bolalar uning biror qismini ifloslantirib qo‘ysa, uni yuvish juda oson. Bu uning gulqog‘oz yoki gilamlardan afzal jihatidir.
2. Lampa uchun qalpoqni esa yangi yilda foydalanilgan chiroqlar marjonidan yasash mumkin. Buning uchun ularni ehtiyotkorlik bilan ballonchik yordamida bo‘yash kerak. Minimal xarajat bilan ajoyib natijaga erishish mumkin!
3. Qaynoq idishlar uchun mana bunday yoqimli taglik yasash uchun (masalan, choynak ostiga) ichimliklarning bir necha tiqinlarini bir-biriga mustahkamlab, ularni sim bilan bog‘lab chiqish kerak.
4. Anchadan buyon yangi ko‘zacha yoki shamdon olishni xohlab, qulayrog‘ini topolmayapsizmi? Unda o‘zingiz yasab oling! Odatdagi bankalarni olib, ularni yupqa to‘r mato bilan o‘rab chiqing va bantikcha bilan bog‘lab qo‘ying.
Ishga chin dildan kirishsangiz, chiroyli va o‘zgacha nimadir yarata olasiz! Birinchi urinishda natijaga erisha olmasangiz ham, ikkinchi yoki uchinchi marta albatta maqsadingizga yetasiz.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)