Afg‘onistonning Qunduz viloyatida “Tolibon” harakati jangarilariga qarshi o‘tkazilayotgan aksilterror operatsiyasi chog‘ida amerikalik ikki harbiy xizmatchi halok bo‘ldi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
“Bu yo‘qotish juda qayg‘uli, biz bugun halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarimizning oilalari va do‘stlariga hamdardlik bildiramiz”, — dedi AQSh va NATO kuchlarining Afg‘onistondagi qo‘mondoni general Jon Nikolson.
Ilgariroq Qunduzda NATO kuchlarining aviazarbasi oqibatida 30 nafar tinch fuqaro halok bo‘lgani ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)